Sirtni tayyorlash:- Asosni chang va kirdan tozalang. Avval bo'yalgan yuzalardan eski bo'yoq va oqlangan qatlamlarning bo'shashgan qismlarini olib tashlang. Notekisliklar, chuqurchalar, yoriqlar va uchiqlarni suv-dispersiyali shpatlevka bilan tekislang va silliqlang.
- Bo‘yaladigan yuzani oldindan yuvish vositalari yordamida suv bilan yuvib tashlang, ayniqsa kafel plitkalaridagi choklarni yaxshilab yuving, so‘ngra yuzani quriting. Yuzada mog‘or bo‘lsa, antiseptik vosita bilan ishlov bering. Silliq yuqori yaltiroq, porloq yuzalarni adgeziyani yaxshilash uchun oldindan silliqlash va yog‘sizlantirish tavsiya etiladi.
- Jadal so‘ruvchi mineral yuzalarni qoplamaning ishonchliligini oshirish va bo‘yoq sarfini kamaytirish uchun Bergauf Techno Primer chuqur kirib boruvchi grunti bilan oldindan gruntlang.
Ish tartibi: Bo‘yaladigan yuza quruq va toza bo‘lishi kerak, ish bajarish uchun havo va asos harorati +5°S dan +35°S gacha, havoning nisbiy namligi 80% dan past bo‘lishi lozim.
Qo'llashdan oldin bo'yoqni yaxshilab aralashtiring.
Keng va yassi planka yoki qurilish mikseri yordamida past aylanishlarda, havo pufakchalari hosil bo'lishiga yo'l qo'ymasdan, ehtiyotkorlik bilan 1−3 daqiqa davomida aralashtirish lozim. Materialni yopiq bankani
silkigan holda aralashtirish tavsiya etilmaydi. Tashishdan va/yoki faol aralashtirishdan so'ng havo pufakchalari paydo bo'lsa, bo'yoq ular yo'qolguncha tinishi kerak. Tayyorlangan quruq va toza yuzaga mo'yqalam, valik yoki bo'yoq purkagich yordamida surting,
notekisliklar va burchaklarni 1−2 qatlamda yaxshilab bo'yab chiqing.
Silliq yuzalar uchun tuk uzunligi 6 mm gacha bo'lgan valiklardan foydalanish tavsiya etiladi. Zarurat bo'lganda toza suv bilan bo'yoq hajmining 5% idan ko'p bo'lmagan miqdorda suyultiring.
Yakuniy qatlam rangidagi farqlarni bartaraf etish uchun bir partiyadagi bo'yoqdan foydalanish yoki kerakli miqdorni bitta idishda aralashtirish tavsiya etiladi.
Ishlar yakunlangach, qo'llar va asboblarni iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
Xavfsizlik texnikasiBoshqa bo'yoqlar va erituvchilar bilan aralashtirilmasin.
Ishlarni bajarishda qo'llar, ko'zlar va nafas olish yo'llarini himoya qilish vositalaridan foydalanish lozim. Yaxshi shamollatiladigan xonalarda foydalanilsin. Ko'zga tushganda darhol suv bilan yuvilsin. Teriga tushganda sovunli suv bilan yuvilsin. Bolalardan ehtiyot qiling!