Tarkibi:
Polimerlarning suvli dispersiyasi, biotsidlar, funksional qo'shimchalar, suv.
Rangi:
Sutsimon-oq
Yaltiroqlik darajasi:
Chuqur matli
Zichligi:
taxminan 1,22−1,32 kg/l
1 qatlam uchun sarfi*:
8−13 m²/l
Qatlamlararo qurish vaqti**:
2 soat
Finish bo'yog'ini surtishdan oldin qurish vaqti:
4 soat
Tavsiya etilgan qatlamlar soni:
1−2
ГОСТ 32 300/ DIN EN 13 300 bo'yicha nam ishqalanishga chidamliligi:
2-klass
MDNV:
Kamida 45%
ГОСТ 30 244 bo'yicha yonuvchanlik guruhi:
Г1 (kam yonuvchan)
ГОСТ 30 402 bo'yicha alangalanish guruhi:
В1 (qiyin alangalnuvchan)
ГОСТ 12.1.044 bo'yicha tutun hosil qilish qobiliyati guruhi:
Д2 (o'rtacha tutun hosil qilish qobiliyatiga ega)
ГОСТ 12.1.044 bo'yicha yonish mahsulotlarining toksiklik guruhi:
Т2 (o'rtacha xavfli)
Qo'llash paytida asosning harorati:
+5 °C dan +35 °C gacha
Yaroqlilik muddati:
24 oy
* Material sarfi asosning tayyorlanish sifatiga, surtish usuliga, ishlatiladigan asbobga, ish bajaruvchilarning malakasiga bog'liq va ko'rsatilgan qiymatlardan farq qilishi mumkin.
** t (+20±2) ℃ va havoning nisbiy namligi (65±5) % dan ko'p bo'lmaganda. Harorat pasayganda yoki namlik oshganda qurish vaqti uzayishi mumkin. Havo harorati +15℃ dan past yoki havoning nisbiy namligi 65% dan yuqori bo'lganda, gruntning keyingi qatlamini 24 soatdan erta surtmang.
Maxsus izolyatsiyalovchi grunt turli xil asoslarga FIRE STOP yonmaydigan bo'yog'ini surtishdan oldin qo'llaniladi. Bergauf Techno Primer Isol gruntidan foydalanish FIRE STOP yonmaydigan bo'yog'ining asos bilan mosligini va adgeziyasini, bo'r bo'lib to'kilmasligini, qoplamaning yuqori mustahkamlik va ekspluatatsion xususiyatlarini ta'minlaydi.
Grunt shaffof bo'lmagan «nafas oluvchi» qoplama hosil qiladi, asosning shimish qobiliyatini tenglashtiradi, asosni mikroarmaturalash hisobiga qatlamlararo adgeziyani yaxshilaydi, bo'yoqning keyingi qatlamlarini yanada tekis surtilishiga yordam beradi. Oson surtiladi, tez quriydi.
Beton, g'isht, sementli, gipsli, polimerli suvoqlar yoki shpatlevkalarga ishlov berish uchun qo'llaniladi.
Gruntni normal va yuqori namlikdagi xonalarda ishlatish mumkin.
Ruxsat etilgan ranglar palitrasida chiqariladi: sutsimon-oq
ASOSNI TAYYORLASH
Asosni tayyorlashni СП 71.13 330.2017 ga muvofiq bajarish kerak.
Asos quyidagi talablarga javob berishi kerak:
beton, temir-beton, g'isht terimi 28 kundan katta yoshda va nisbiy namligi 4% dan ko'p bo'lmagan
sementli, sement-qumli, sement-ohakli, ohakli suvoqlar va shpatlevkalar 14 kundan katta yoshda va nisbiy namligi 4% dan ko'p bo'lmagan
polimer shpatlevkalar 3 kundan katta yoshda, nisbiy namligi 1% dan ko'p bo'lmagan
gipsli suvoqlar va shpatlevkalar 3 kundan katta yoshda, nisbiy namligi 1% dan ko'p bo'lmagan.
Asosni chang va kirdan tozalang. Ilgari bo'yalgan yuzalardan eski bo'yoq va oqlangan qatlamlarning bo'shashgan qismlarini olib tashlang.
Qattiq va mustahkam yopishgan yaltiroq yuzalarni mat holatiga kelguncha silliqlang, silliqlash changini olib tashlang. Ilgari bo'r yoki ohakli bo'yoqlar bilan qoplangan yuzalar to'liq tozalanishi kerak.
Zarurat bo'lganda notekisliklarni shpatlevka qiling, shundan so'ng qurigan yuzani silliqlang.
Bo'shashgan (yumshoq) gipsli suvoqlar, shpatlevkalar va polimer shpatlevkalarni Bergauf Techno Primer yoki Bergauf Tiefgrunt chuqur kirib boruvchi grunti bilan mustahkamlang.
ISH TARTIBI
Ishlov beriladigan yuza mustahkam, quruq, toza va adgeziyaga to'sqinlik qiluvchi moddalardan xoli bo'lishi kerak, ish bajarish uchun asos harorati +5°С dan, bo'yoq surtish paytida xonadagi harorat +5°С dan +35°С gacha, havoning nisbiy namligi 80% dan past bo'lishi kerak.
Ishlatishdan oldin bir xil holatga kelguncha aralashtiring, suyultirmang.
Tayyorlangan quruq toza yuzaga valik, cho'tka yoki purkagich bilan surting.
Asos turiga qarab gruntning tavsiya etilgan qatlamlar soni:
— gipsli suvoqlar va shpatlevkalar 2 qatlam
— polimer shpatlevkalar 1−2 qatlam
— sementli suvoqlar va shpatlevkalar 1−2 qatlam
— beton 1−2 qatlam
— gipsokarton 1−2 qatlam
— g'isht 1−2 qatlam.
Gruntlangan asosga FIRE STOP yonmaydigan bo'yog'ini surtishni +15°С dan yuqori harorat rejimi va havoning nisbiy namligi 65% dan ko'p bo'lmagan sharoitda 4 soatdan erta bo'lmagan vaqtda amalga oshiring.
Harorat +15℃ dan past yoki havoning nisbiy namligi 65% dan yuqori bo'lganda, bo'yashdan oldin gruntning qurish vaqti uzayadi. Mustahkamlikka erishish vaqti 14 kungacha yetishi mumkin.
Qurimagan grunt ustidan FIRE STOP yonmaydigan bo'yog'ini surtishga yo'l qo'yilmaydi!
Zich yopilgan idishda +5° dan kam bo'lmagan va +35℃ dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang va tashing. Mahsulot solingan chelakni haddan tashqari qizib ketishdan himoya qilish va to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri ostida saqlashdan qochish kerak. Muzlatmang. Shartlarga rioya qilinganda, yopiq zavod qadoqlangan idishda kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 24 oyni tashkil qiladi. Saqlash paytida mahsulot qatlamlarga ajralishi mumkin, bu aralashtirilganda oson bartaraf etiladi. To'liq ishlatilmagan mahsulotni zich yopilgan idishda saqlang va imkon qadar tezroq ishlating.
Mahsulot yong'in va portlashdan xavfsiz, tarkibida tez alangalanuvchi komponentlar mavjud emas.