Vazifasi va qo'llanilish sohasiBiohimoya – atmosfera yog'ingarchiliklari, tuproq namligi, gigroskopik va kondensatsiyali namlanish, tuproq bilan aloqa qilish sharoitlarida chirish, mog'or, ko'karish, yog'ochxo'r hasharotlardan himoya qilish vositasi bo'lib, ham mustaqil ravishda, ham bo'yoq-laka materiallari ostidan biohimoya astar bo'yog'i sifatida qo'llaniladi. Qiyin yuviladigan antiseptik – yog'och bilan kimyoviy bog'lanadi. Yog'ochga yaxshi kirib boradi, uning gigroskopikligini oshirmaydi. Yog'ochning mustahkamligini, yopishqoqligini va bo'yaluvchanligini yomonlashtirmaydi. Qora metallarga nisbatan past korroziy agressivlikka ega.
Yangi va ilgari antiseptik bilan ishlov berilgan yog'ochli karkaslar va qoliplar, lagalar, fermalar, devorlar va ularning qoplamalari, pollar, to'siqlar, panjaralar, uy-joy, jamoat, ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi maqsadlaridagi boshqa arralangan, randalangan, chopilgan konstruksiya elementlariga surtish uchun mo'ljallangan.
Himoya:- Chirishdan
- Mog'ordan
- Ko'karishdan
- Yog'ochxo'r hasharotlardan