Tarkibi:
Bifunksional sopolimerlarning suvli gibrid dispersiyasi, mineral to'ldirgichlar, innovatsion qo'shimchalar
Rangi:
Oq**
Zichligi:
1,8−1,9 kg/l
Fraksiyasi:
1,5 mm
1m2 uchun sarfi:
2,4-2,8 kg*
Qatlam qalinligi:
1,5 mm
3-darajagacha qurish vaqti:
5 soatdan ko'p emas***
Atmosfera yog'inlariga chidamliligi:
24 soatdan keyin
Keyingi ishlar:
3 sutkadan keyin
Yaroqlilik muddati:
24 oy
* Material sarfi asosning tayyorlanish sifati, surtish usuli, ishlatiladigan asbob, ish bajaruvchilarning malakasiga bog'liq va ko'rsatilgan qiymatlardan farq qilishi mumkin.
**Asosiy rangdan farq qiluvchi zarrachalarning ma'lum miqdorda bo'lishiga yo'l qo'yiladi, bu mahsulotning texnik xususiyatlariga ta'sir qilmaydi. Bu tarkibda tabiiy kelib chiqishga ega to'ldirgichlar mavjudligi bilan izohlanadi.
*** Bayon etilgan sifat ko'rsatkichlari va tavsiyalar atrof-muhit harorati +20°C va havoning nisbiy namligi 60% bo'lganda to'g'ri hisoblanadi. Boshqa sharoitlarda qurish va tuzatish vaqti ko'rsatilganlardan farq qilishi mumkin.
Vazifasi va xususiyatlari
Eng zamonaviy yechimlar asosida tayyorlangan, mineral paxta va penopolistirol asosidagi fasadlarni issiqlik izolyatsiyalash tizimlarida qo'llash uchun, shuningdek, A, B, V turdagi bino va inshootlarning quruq va nam xonalari ichki qismini pardozlash uchun mo'ljallangan yuqori sifatli tayyor suvoq.
Innovatsion tarkib yuqori mustahkamlikka, o'z-o'zini tozalash effektiga hamda yuqori bug' o'tkazuvchanlik va past suv yutilishining eng yaxshi nisbatiga ega qoplamani hosil qiladi. Armaturalovchi mikrotolalar qoplamaga qo'shimcha mustahkamlik, elastiklik va cho'kishga chidamlilik beradi.
Texnik xususiyatlari
Materialning gibrid tabiati ham asos bilan, ham qoplama ichida mustahkam bog'lanishlar hosil bo'lishini va a'lo darajadagi adgeziyani ta'minlaydi, vertikal bog'lanishlar esa bug'ni chiqarish uchun mikrotunnellar hosil bo'lishiga yordam beradi. Qoplama mog'or va zamburug'lar hosil bo'lishiga chidamli. Pastel va to'yingan ranglarga bo'yaladi.
Plastik, ishlov berish uchun qulay konsistensiya suvoqni yuzaga oson va tez surtish hamda istalgan fakturani shakllantirish imkonini beradi.
Rang berish (kolerovka)
Dekorativ suvoq baza ko'rinishida ishlab chiqariladi va kompyuter (mashina) usulida RAL, NCS va boshqa rang kataloglari bo'yicha ranglanishi mumkin. Yuqori yorug'lik va atmosfera chidamliligiga ega bo'lgan suv asosidagi rang beruvchi pastalar yordamida qo'lda rang berish ham mumkin. Rang berish natijasi uchun javobgarlikni rang berishni amalga oshiruvchi tashkilot o'z zimmasiga oladi.
Rang uzatish xususiyatlari
Surtish sharoitlariga, shuningdek, bo'yaladigan yuzaning fakturasiga qarab, ranglarning haqiqiy soyalari rang katalogida taqdim etilganidan biroz farq qilishi mumkin.
Qo'llashdan oldin sinov tariqasida surtib ko'rish va qurigan qoplamaning rangga mosligini tekshirish lozim.
Soyalardagi farqlarning oldini olish uchun bitta vizual tekislikda bitta ishlab chiqarish partiyasidagi mahsulotdan foydalanish (partiya raqami har bir qadoqda ko'rsatiladi) yoki turli partiyalardagi materiallarni oldindan 1:1 nisbatda aralashtirish tavsiya etiladi, surtish texnologiyasi o'zgarishsiz qolishi kerak.
Rang bo'yicha tavsiyalar
BERGAUF FACADE GRUNT gruntovkasini ishlatilayotgan suvoq rangiga yaqin rangda qo'llash tavsiya etiladi.
Fasadlarda qaytarish koeffitsienti 25% dan kam bo'lgan intensiv yoki to'q rangli materiallarni qo'llash fasadning 10% dan ko'p bo'lmagan qismini egallaydigan kichik yuzalar, masalan, alohida me'moriy detallar bilan cheklanishi kerak.
Surtish texnologiyasi
Ishlar SP 293.1325800.2017 ga muvofiq bajarilishi kerak.
Surtishdan oldin suvoqni yaxshilab aralashtirish lozim, chunki saqlash vaqtida mahsulot qatlamlarga ajralishi mumkin. Suvoqni material vaznining 5% idan ko'p bo'lmagan miqdordagi suv bilan suyultirishga yo'l qo'yiladi.
Suvoqni zanglamaydigan po'latdan yasalgan tyo'rka bilan yuza burchagiga 60° ostida surting, qatlam qalinligi suvoq donasi o'lchamiga mos kelishi kerak. Bir oz vaqt o'tgach, aralashma asbobga yopishmay qolganda, plastik tyo'rka bilan faktura shakllantirishga kirishish mumkin. Plastik tyo'rkani yuzaga parallel ravishda ushlab, fakturani bosimsiz, yengil harakatlar bilan shakllantirish kerak.
«Toshli» (kameshkovaya) faktura tyo'rkaning bir tomonga, odatda soat miliga teskari yo'naltirilgan kichik doiraviy harakatlari bilan shakllantiriladi.
Ishlarni bajarish xususiyatlari
Zarurat tug'ilganda, ishni to'xtatish uchun suvoq qatlami chegarasiga bo'yoq lentasi yopishtiriladi, uni suvoq qotishidan oldin olib tashlash kerak. Bir xil faktura olish uchun har bir havoza (lesa) darajasida yetarli miqdordagi ishchilarni ta'minlash va qo'shni darajalar orasidagi ulanishlarni «ho'lni ho'lga» usulida bajarish lozim.
Atrof-muhit harorati +20°C dan past va havoning nisbiy namligi 60% dan yuqori bo'lganda, dekorativ suvoq surtilgandan keyingi dastlabki 3 sutka davomida to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari, shamol va yomg'ir ta'siridan himoyalanishi kerak. Bunday sharoitlarda qurilish havozalarini maxsus to'r yoki plyonka bilan yopish, binoga suv qaytargichlar o'rnatish tavsiya etiladi. Muzlab qolishi va haddan tashqari qurib ketishiga yo'l qo'ymang.
Ichki pardozlash ishlari faqat yaxshi shamollatiladigan xonalarda bajarilishi kerak, ishlar tugagandan so'ng esa qoplama to'liq quriguncha havo aylanishini ta'minlash lozim.
Keyingi ishlar
Dekorativ suvoq yuzasini akril, silikon yoki silikat bo'yoqlar bilan bo'yash mumkin. Bo'yash atrof-muhit sharoitlariga qarab, 3-5 sutkadan keyin amalga oshiriladi.
Ishdan so'ng darhol asboblarni suv bilan tozalang. Agar asboblar darhol tozalanmagan bo'lsa, keyinchalik ularni faqat mexanik usulda tozalash mumkin.
Cheklovlar
Atmosfera yog'inlari, tuman vaqtida, shuningdek, yomg'irdan keyingi ho'l yuzalarda va +5 dan past hamda +30 °C dan yuqori haroratda ishlash taqiqlanadi.
Saqlash va tashish shartlari
Zich yopilgan idishda +5° dan kam bo'lmagan va +30°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang va tashing. -20°C dan past bo'lmagan haroratda umumiy davomiyligi 3 haftadan ko'p bo'lmagan besh marta muzlatishga ruxsat beriladi.
Mahsulot solingan chelakni haddan tashqari qizib ketishdan himoya qilish va to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri ostida saqlashdan saqlanish kerak. Shartlarga rioya qilinganda, yopiq zavod qadog'ida kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 24 oyni tashkil qiladi.
Xavfsizlik
Mahsulot yong'in va portlashdan xavfsiz, tarkibida tez yonuvchan komponentlar mavjud emas.