Tarkibi:
Bifunksional sopolimerlarning suvli gibrid dispersiyasi, mineral to'ldiruvchilar, innovatsion qo'shimchalar
Rangi:
Oq**
Zichligi:
1,7−1,8 kg/l
Fraksiya:
2 mm
1m2 ga sarf:
2,5−2,7 kg*
Qo'llash qalinligi:
2 mm
3-darajagacha qurish vaqti:
5 soatdan ko'p emas***
Atmosfera yog'ingarchiliklariga chidamliligi:
24 soatdan keyin
Keyingi ishlar:
3 kundan keyin
Yaroqlilik muddati:
24 oy
*Material sarfi asosning tayyorlanish sifati, qo'llash usuli, ishlatiladigan asbob, ishni bajaruvchilarning malakasiga bog'liq va ko'rsatilgan qiymatlardan farq qilishi mumkin.
**Asosiy rangdan farq qiluvchi zarrachalarning bir oz miqdorda bo'lishiga yo'l qo'yiladi, bu mahsulotning texnik xususiyatlariga ta'sir qilmaydi. Bu tarkibda tabiiy kelib chiqishga ega to'ldiruvchilar borligi bilan izohlanadi.
***Keltirilgan sifat ko'rsatkichlari va tavsiyalar +20°C atrof-muhit harorati va 60% nisbiy namlik uchun amal qiladi. Boshqa sharoitlarda qurish va tuzatish vaqti ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin.
Vazifasi va xususiyatlari
Eng zamonaviy yechimlar asosida tayyorlangan, mineral paxta va penopolistirol asosidagi fasadlarni issiqlik izolyatsiyalash tizimlarida qo'llash uchun, shuningdek, A, B, V turdagi bino va inshootlarning quruq va nam xonalari ichki qismini pardozlash uchun mo'ljallangan yuqori sifatli tayyor suvoq.
Innovatsion tarkib yuqori mustahkamlikka, o'z-o'zini tozalash effektiga hamda yuqori bug' o'tkazuvchanlik va past suv yutilishining eng yaxshi nisbatiga ega qoplamani hosil qiladi. Armaturalovchi mikrotolalar qoplamaga qo'shimcha mustahkamlik, elastiklik va cho'kishga chidamlilik beradi.
Texnik xususiyatlari
Materialning gibrid tabiati ham asos bilan, ham qoplama ichida mustahkam bog'lanishlar hosil bo'lishini va a'lo darajadagi adgeziyani ta'minlaydi, vertikal bog'lanishlar esa bug'ni chiqarish uchun mikrotunnellar hosil bo'lishiga yordam beradi. Qoplama mog'or va zamburug'lar hosil bo'lishiga chidamli. Pastel va to'yingan ranglarga bo'yaladi.
Plastik, ishlov berish uchun qulay konsistensiya suvoqni yuzaga oson va tez surtish hamda istalgan fakturani shakllantirish imkonini beradi.
Ranglash (Kolirovka)
Dekorativ suvoq baza ko'rinishida ishlab chiqariladi va kompyuter (mashina) usulida RAL, NCS va boshqa ranglar katalogidagi ranglarga bo'yalishi mumkin. Yuqori yorug'lik va atmosfera chidamliligiga ega bo'lgan suv asosidagi rang beruvchi pastalar yordamida qo'lda ranglash ham mumkin. 5% dan ortiq rang beruvchi qo'shmaslik tavsiya etiladi, chunki uning me'yordan ortiq bo'lishi qoplamaning mustahkamligi va qo'llash texnologiyasiga salbiy ta'sir qiladi.
Ranglash natijasi uchun javobgarlikni ranglashni amalga oshiruvchi tashkilot o'z zimmasiga oladi.
Rang uzatish xususiyatlari
Qo'llash sharoitlariga, shuningdek, bo'yaladigan sirtning fakturasiga qarab, ranglarning haqiqiy soyalari ranglar katalogida ko'rsatilganidan biroz farq qilishi mumkin. Qo'llashdan oldin sinov tariqasida surtib ko'rish va qurigan qoplamaning rangga mosligini tekshirish kerak.
Soyalardagi farqlarning oldini olish uchun bitta vizual tekislikda bir xil ishlab chiqarish partiyasidagi mahsulotdan foydalanish (partiya raqami har bir paketda ko'rsatiladi) yoki turli partiyalardagi materiallarni oldindan 1:1 nisbatda aralashtirish tavsiya etiladi, qo'llash texnologiyasi o'zgarishsiz qolishi kerak.
Rang bo'yicha tavsiyalar
BERGAUF FACADE GRUNT gruntovkasini ishlatilayotgan suvoq rangiga yaqin rangda qo'llash tavsiya etiladi.
Fasadlarda qaytarish koeffitsienti 25% dan kam bo'lgan intensiv yoki to'q rangli materiallarni qo'llash fasadning 10% idan ko'p bo'lmagan kichik yuzalar, masalan, alohida me'moriy detallar bilan cheklanishi kerak.
Qo'llash texnologiyasi
Ishlar SP 293.1 325 800.2017 ga muvofiq bajarilishi kerak.
Qo'llashdan oldin suvoqni yaxshilab aralashtirish kerak, chunki saqlash vaqtida mahsulot qatlamlarga ajralishi mumkin. Suvoqni material massasining 5% idan ko'p bo'lmagan miqdorda suv bilan suyultirishga ruxsat beriladi.
Suvoqni zanglamaydigan po'latdan yasalgan tishli silliqlagich (tyorka) bilan sirtga 60° burchak ostida surting, qatlam qalinligi suvoq donasining o'lchamiga mos kelishi kerak. Bir oz vaqt o'tgach, aralashma asbobga yopishishni to'xtatganda, plastik silliqlagich yordamida faktura hosil qilishga kirishish mumkin. Plastik silliqlagichni sirtga parallel ravishda ushlab, bosimsiz, engil harakatlar bilan faktura hosil qilish kerak.
Faktura hosil qilish usullari:
«Barashek» fakturasi aylanma harakatlar bilan hosil qilinadi. «Gorizontal koroed» fakturasi chapga-o'ngga harakatlar bilan hosil qilinadi. «Vertikal koroed» (yomg'ir) fakturasi yuqoriga-pastga harakatlar bilan hosil qilinadi. «Kesishgan koroed» fakturasi 2 bosqichda hosil qilinadi: avval o'ng yuqoridan chap pastga qarab diagonal harakatlar qilinadi, natijada uzun va qisqa chiziqlar hosil bo'lishi kerak, so'ngra chap yuqoridan o'ng pastga qarab chiziqlar kesishgan holda chiziladi.
Ishlarni bajarish xususiyatlari
Ishni to'xtatish zarur bo'lganda, suvoq qatlami chegarasiga bo'yoq tasmasi (malyarnaya lenta) yopishtiriladi, uni suvoq qotishidan oldin olib tashlash kerak. Bir xil fakturani olish uchun har bir ishlangan sathda yetarli miqdordagi ishchilarni ta'minlash va qo'shni sathlar orasidagi ulanishlarni «ho'lni ho'lga» usulida bajarish lozim.
Atrof-muhit harorati +20°C dan past va havoning nisbiy namligi 60% dan yuqori bo'lganda, dekorativ suvoqni qo'llanilgandan keyingi dastlabki 3 kun davomida to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari, shamol va yomg'irdan himoya qilish kerak. Bunday sharoitda qurilish ishlari uchun mo'ljallangan maxsus to'r yoki plyonka bilan yopish, binoga suv oqizgichlarni o'rnatish tavsiya etiladi. Muzlashiga va qurib ketishiga yo'l qo'ymang.
Ichki pardozlash ishlari faqat yaxshi shamollatiladigan xonalarda bajarilishi kerak, ish tugagandan so'ng esa qoplama to'liq quriguncha havo aylanishini ta'minlash lozim.
Keyingi ishlar
Dekorativ suvoq yuzasini akril, silikon yoki silikat bo'yoqlar bilan bo'yash mumkin. Bo'yash atrof-muhit sharoitiga qarab, kamida 3-5 kundan keyin amalga oshiriladi.
Ishdan so'ng darhol asboblarni suv bilan tozalang. Agar asboblar darhol tozalanmasa, keyinchalik ularni faqat mexanik usulda tozalash mumkin bo'ladi.
Cheklovlar
Yog'ingarchilik, tuman vaqtida, shuningdek yomg'irdan keyingi nam sirtlarda va +5 °C dan past hamda +30 °C dan yuqori haroratda ishlash taqiqlanadi.
Saqlash va tashish shartlari
Zich yopilgan idishda +5° dan kam bo'lmagan va +30°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang va tashing. -20°C dan past bo'lmagan haroratda umumiy davomiyligi 3 haftadan ko'p bo'lmagan besh marta muzlatishga ruxsat beriladi.
Mahsulot solingan chelakni haddan tashqari qizib ketishdan himoya qilish va to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri ostida saqlashdan saqlanish kerak. Shartlarga rioya qilinganda, yopiq zavod qadog'ida kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 24 oyni tashkil qiladi.
Xavfsizlik
Mahsulot yong'in va portlashdan xavfsiz, tarkibida tez yonuvchan komponentlar mavjud emas.