Tarkibi:
Glioftal lakidagi pigmentlar va to'ldiruvchilar suspenziyasi, erituvchilar qo'shilgan holda
Rangi:
och kulrang, qizil-jigarrang
Sarf*:
12-20 m²/l
* Material sarfi asosning tayyorlanish sifati va surtish usuliga bog'liq.
«Bergauf» alkidli grunti atmosfera sharoitida va bino ichida ishlatiladigan metall, yog'och yuzalarni turli emallar bilan qoplashdan oldin gruntlash uchun mo'ljallangan.
Ranglarning belgilangan palitrasida ishlab chiqariladi: och kulrang, qizil-jigarrang
Ishlatishdan oldin gruntni yaxshilab aralashtiring va zarurat bo'lganda uayt-spirit bilan ishchi qovushqoqlikkacha suyultiring. Grunt pnevmatik purkagich, mo'yqalam, valik, botirish yoki oqizish usuli bilan surtiladi. Bo'yaladigan yuza oldindan kir, zang, ko'chayotgan eski bo'yoqlardan tozalanadi, yog'sizlantiriladi va quritiladi.
Qurish:
To'liq qurish 24 soatdan keyin (havo harorati 20±2°C va havoning nisbiy namligi 50% bo'lganda) sodir bo'ladi.
Saqlash
Asl, mahkam yopilgan o'ramda, salqin va bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang. Kafolatlangan saqlash muddati 24 oy.
Utilizatsiya qilish
Kanalizatsiyaga, suv havzalariga, yerga to'kmang. Idishdagi grunt qoldiqlari to'liq quriganidan so'ng, u mahkam yopilgan idishda maishiy yoki qurilish chiqindisi sifatida utilizatsiya qilinishi mumkin.