Tarkibi:
Stirol-akril dispersiyasi, mineral to‘ldirgichlar, pigmentlar, funksional qo‘shimchalar, suv
Rangi:
A bazasi - oq, C bazasi - shaffof
Yaltiroqlik darajasi:
Chuqur matli
Shimib olmaydigan sirt bo‘yicha 1 qatlam uchun sarf:
6 - 8 m²/l*
Shimuvchi sirt bo‘yicha 1 qatlam uchun sarf:
4 - 6 m²/l*
Qurish vaqti:
1 soat**
Keyingi qatlamni surtish mumkin:
12 soatdan keyin**
Qo‘llash paytidagi asos harorati:
+5 °С dan 35 °С gacha
Atmosfera yog‘inlariga chidamliligi:
24 soat
*Sarfga bo‘yaladigan sirtning g‘adir-budurligi va g‘ovakliligi, shuningdek, surtish usuli va sharoitlari ta'sir qiladi.
**t (+20 ± 2)℃ va havoning nisbiy namligi (65±5)% dan ko‘p bo‘lmaganda. Havo harorati +15 ℃ dan past va havoning nisbiy namligi 65% dan yuqori bo‘lganda qurish vaqti uzayishi mumkin - keyingi qatlamni 24 soatdan erta bo‘lmagan vaqtda surting.
Fasad akril bo‘yog‘i mineral fasadlar va sokollarni bo‘yash uchun, shuningdek, normal va yuqori namlikdagi xonalar uchun mo‘ljallangan. Binolarning sokollarida asos tomonidan namlikning kapillyar so‘rilishi istisno qilinishi kerak.
Namlikka, yog‘ingarchilikka, UB-nurlanishiga, ishqoriy eritmalarga, korxonalar va shaharlarning sanoat muhitiga chidamli qoplama hosil qiladi. Qo‘lda va mashinada surtish uchun mos keladi.
Bo‘yoq 2 xil baza — A va C ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Suv asosidagi kolerovka pastalari yordamida kolerovka qilish mumkin. A bazasi och va pastel ranglarga kolerovka qilish uchun mo‘ljallangan, shuningdek, oq bo‘yoq sifatida ham ishlatilishi mumkin. C bazasi faqat kolerovka qilingan holda ishlatiladi va to‘yingan ranglarga kolerovka qilish uchun mo‘ljallangan.
C bazasida yorqin ranglarga bo‘yashda, avval o‘xshash rangga kolerovka qilingan A baza bo‘yog‘ini bir qatlam surtish tavsiya etiladi. Bo‘yoqni kolerovka qilish NCS, RAL va boshqa kolerovka tizimlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Bitta sirtda ranglar farqlanib qolmasligi uchun bir xil partiya raqamli mahsulotdan foydalanish kerak (qadoqqa qarang) yoki turli partiyadagi materiallarni oldindan 1:1 nisbatda aralashtirib olish lozim. Kolerovka natijasi uchun kolerovkani amalga oshirgan tashkilot javobgar bo‘ladi.
Surtish sharoitlariga, shuningdek, bo‘yaladigan sirtning fakturasiga qarab, ranglarning haqiqiy tuslari ranglar katalogida ko‘rsatilganidan biroz farq qilishi mumkin. Ishlatishdan oldin sinov tariqasida surtib ko‘rish va qurigan qoplamaning rangga muvofiqligini tekshirish zarur.
Saqlash va tashish shartlari
Zich yopilgan idishda kamida +5° va +40°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin va tashilsin. Mahsulot solingan chelakni haddan tashqari qizib ketishdan himoya qilish va to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri ostida saqlashdan saqlanish kerak. Shartlarga rioya qilinganda, yopiq zavod o'ramida kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 24 oyni tashkil etadi.
Xavfsizlik
Mahsulot yong'in va portlashdan xavfsiz, tarkibida tez yonuvchan komponentlar mavjud emas.